Ishonchli hamkor – barqaror kelajak: VUM kompaniyasining dilerlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

7

13 iyul kuni Toshkentda Van Universal Motors (VUM) kompaniyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan dilerlik markazlari vakillari ishtirokida yirik konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ishonchli hamkor — barqaror kelajak” shiori ostida o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — dilerlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va biznesni rivojlantirish bo‘ldi. Shuningdek, ushbu tadbirda O‘zbekiston yuk mashinalari bozori uchun yangilik — gaz va benzin yoqilg‘isida harakatlanuvchi mutlaqo yangi avlod yuk mashinasi FAW Tiger VH modeli taqdimoti o‘tkazildi.

Фото

VUM – ishonchli hamkorlik sari intilayotgan yetakchi kompaniyalardan biri

Van Universal Motors — O‘zbekistonda yuk avtomobillari savdosi, servis xizmatlari va dilerlik tarmog‘i yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, bozorda yetakchi o‘ringa ega bo‘lish sari qat’iy intilayotgan kompaniyalardan biridir.

Kompaniya FAW Tiger yuk mashinalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirgan bo‘lib, hozirda mamlakat bo‘ylab 20 dan ortiq dilerlik markazlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda.

2025 yilning birinchi yarmi yakuniga ko‘ra, kompaniya o‘z faoliyatida bir qator muhim natijalarga erishdi. Jumladan:

— Dilerlar soni 7 tadan 23 taga yetdi — bu texnikalarning hududlarga yetkazilishi va servis xizmatlarining qulay tashkil etilishi uchun katta imkoniyat yaratdi.
— Shu davr ichida Van Universal Motors’ga bo‘lgan ishonch yirik tashkilotlar tomonidan ham ortdi. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi tashkilotlar, “Navoiy KMK” AJ, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, Korzinka, Safia kabi xususiy kompaniyalar VUM bilan barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Bu ko‘rsatkichlar — VUM’ning bozorda yaratgan real qiymati va sheriklar bilan qurayotgan mustahkam munosabatlaridan dalolat beradi.

Фото

Konferensiyada muhim strategik yo‘nalishlar muhokama qilindi

Tadbir doirasida VUM rahbariyati kompaniyaning 2025–2026 yillardagi rivojlanish strategiyasi, dilerlik markazlariga beriladigan qo‘llab-quvvatlovlar, hududiy marketing yondashuvlari va servis xizmatlarini takomillashtirish borasidagi rejalarini taqdim etdi.

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

• Bozor segmentlari uchun moslashtirilgan FAW modellari;
• Dilerlar uchun markazlashgan servis nazorati;
• Har bir hudud uchun alohida marketing strategiyasi;
• Brend imijini kuchaytirish va diler ishonchini oshirish choralari.


Hamkorlik – asosiy qadriyat Tadbirda ishtirok etgan dilerlik vakillari VUM tomonidan taqdim etilayotgan texnikalar, marketing yondashuvlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlovni ijobiy baholab, savdo samaradorligini oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Biz uchun har bir diler — kompaniyamizning yuzidir. Ular orqali biz mijozlarga yaqinlashamiz, ularning ehtiyojlarini tushunamiz va barqaror yechimlar taklif qilamiz”, dedi VUM bosh direktori G‘asanov Ravshan Rustam o‘g‘li o‘z nutqida.

FAW Tiger VH – O‘zbekistonda zavod sharoitida ishlab chiqarilgan ilk gaz-benzinli yuk mashinasi

Tadbir doirasida yangi texnikaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi — bu FAW Tiger VH modeli bo‘lib, u gaz (metan) va benzin yoqilg‘isida harakatlana oladigan ikki yonilg‘ili dvigatelga ega yuk mashinasidir.

Mazkur model — O‘zbekistonda zavod sharoitida gaz va benzin tizimi bilan ishlab chiqarilgan ilk eksklyuziv texnikalardan biri hisoblanadi. Bu yechim nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.

Asosiy afzalliklar:

— To‘liq og‘irligi – 8 000 kg
— Yoqilg‘i baklari – 345 (200+145) litr metan + 15 litr benzin
— YUNNEI dvigateli – 130 ot kuchi
— Shaanxi MT/8 uzatma qutisi
— 360° kamera, monitor, multirul, pnevmouroindiq, salon uchun jigar rang charm dizayn, yon oynalardagi isitish tizimi va hokazo.

FAW Tiger VH texnikasi dilerlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va konferensiya ishtirokchilari ushbu model xalqimiz uchun ayni ehtiyojga javob beruvchi, ommabop va foydali yechim bo‘lishini ta’kidladilar.

Yakuniy natija – yagona maqsad sari birlashuv

Van Universal Motors dilerlik tarmog‘i bilan birgalikda yuk avtomobillari bozorida ishonchli hamkor va barqaror ishlab chiqaruvchi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashni davom ettirmoqda.

Kompaniya kelajakni dilerlar bilan birga qurmoqda. Agar siz ham ishonchli hamkorlikka tayyor bo‘lsangiz — biz bilan bog‘laning.

Batafsil ma’lumot uchun:
Telefon: +998 55 508 60 60
Sayt: faw.uz
Instagram: www.instagram.com/vum_faw_uzbekistan
Facebook: www.facebook.com/vumfawuzbekistan
Telegram: t.me/vum_faw_uzbekistan

×

MAXFIYLIK SIYOSATI

faw.uz veb-sayti foydalanuvchilarining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi

Kuchga kirgan sana: 13.10.2026

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o’rinlarda “Siyosat”) “VAN Universal Motors” (keyingi o’rinlarda “VUM” yoki “Kompaniya”) tomonidan faw.uz veb-sayti (keyingi o’rinlarda “Sayt”) orqali olinadigan shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, foydalanish va himoya qilish tartibini belgilaydi.

1.2. VUM O’zbekistonda FAW tijorat texnikasining rasmiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlar egasi va operatori sifatida ish yuritadi.

1.3. Siyosat O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O’RQ-547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuni hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.4. Saytdan foydalanish yoki Saytdagi shaklni to’ldirish orqali foydalanuvchi ushbu Siyosat bilan tanishganini va o’z ma’lumotlarini shu yerda ko’rsatilgan tartibda qayta ishlashga rozilik berganini tasdiqlaydi. Siyosat shartlariga rozi bo’lmasangiz, Saytdan foydalanishni to’xtating.

2. Asosiy tushunchalar

  • Shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan har qanday axborot.
  • Sub’ekt – shaxsga doir ma’lumotlari qayta ishlanadigan jismoniy shaxs (Sayt foydalanuvchisi).
  • Qayta ishlash – ma’lumotlarni yig’ish, tizimlashtirish, saqlash, o’zgartirish, foydalanish, uzatish, egasizlantirish va yo’q qilish bo’yicha har qanday harakat.
  • Cookie fayllar – Sayt foydalanuvchi qurilmasiga saqlaydigan kichik matnli fayllar.

3. Qanday ma’lumotlarni yig’amiz

3.1. Foydalanuvchi o’zi taqdim etadigan ma’lumotlar:

  • “Biz bilan bog’laning” va “Qo’ng’iroq kutaman” shakllari: ism, telefon raqami, viloyat, qiziqtirgan model yoki xizmat.
  • “Diler bo’lish” shakli: F.I.Sh., kompaniya nomi, lavozim, telefon, elektron pochta, hudud va biznes haqida qisqa ma’lumot.
  • Lizing va servis bo’yicha so’rovlar: ism, telefon, texnika modeli, so’rov mazmuni.
  • “Vakansiya” bo’limi: F.I.Sh., aloqa ma’lumotlari, rezyume va unda ko’rsatilgan ta’lim hamda ish tajribasi.

3.2. Avtomatik yig’iladigan ma’lumotlar: IP-manzil, brauzer va qurilma turi, operatsion tizim, tashrif sanasi va vaqti, ko’rilgan sahifalar, Saytga o’tilgan manba (reklama, qidiruv tizimi, ijtimoiy tarmoq), cookie identifikatorlari.

3.3. VUM maxsus toifadagi ma’lumotlarni (irqiy yoki milliy mansublik, siyosiy qarashlar, diniy e’tiqod, sog’liq holati) Sayt orqali yig’maydi. Foydalanuvchidan bunday ma’lumotlarni shakllarga kiritmaslik so’raladi.

4. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadlari

  • Murojaatlarga javob berish, qayta qo’ng’iroq qilish va maslahat berish.
  • Texnika narxi, lizing shartlari va tijorat taklifini tayyorlash.
  • Mijozni eng yaqin rasmiy dilerga yoki servis markaziga yo’naltirish.
  • Diler bo’lish arizalarini ko’rib chiqish va hamkorlik bo’yicha muzokaralar olib borish.
  • Vakansiyalar bo’yicha nomzodlarni tanlash.
  • Foydalanuvchi alohida rozilik bergan holda yangi modellar, aksiyalar va tadbirlar haqida xabar yuborish.
  • Sayt ishini tahlil qilish, qulayligini va reklama samaradorligini oshirish.
  • Qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni bajarish.

5. Qayta ishlashning huquqiy asoslari

5.1. VUM shaxsga doir ma’lumotlarni quyidagi asoslarda qayta ishlaydi: sub’ektning roziligi; sub’ekt tomon bo’lgan shartnomani tuzish yoki bajarish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar.

5.2. Rozilik Saytdagi shaklni yuborishdan oldin “Men o’z ma’lumotlarimning qayta ishlanishiga rozilik beraman” belgisini qo’yish orqali beriladi. Rozilik ushbu Siyosatning 10-bo’limida ko’rsatilgan tartibda istalgan vaqtda qaytarib olinishi mumkin.

6. Cookie fayllar va analitika xizmatlari

6.1. Sayt ishlashi va tahlil uchun cookie fayllar hamda quyidagi uchinchi tomon xizmatlaridan foydalaniladi:

  • Google Tag Manager va Google Analytics – tashriflar statistikasi va foydalanuvchi xatti-harakatini tahlil qilish.
  • Yandex Metrika – tashriflar statistikasi, sahifadagi harakatlar tahlili.
  • Meta Pixel – Facebook va Instagram’dagi reklama samaradorligini o’lchash va auditoriyani sozlash.

6.2. Bu xizmatlar ma’lumotlarni o’z maxfiylik siyosatlariga muvofiq qayta ishlaydi. Ular VUM’ga asosan egasizlantirilgan, umumlashtirilgan statistikani taqdim etadi.

6.3. Foydalanuvchi brauzer sozlamalari orqali cookie fayllarni o’chirishi yoki bloklashi mumkin. Bunda Saytning ayrim funksiyalari to’g’ri ishlamasligi mumkin.

7. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish

7.1. VUM shaxsga doir ma’lumotlarni sotmaydi va ijaraga bermaydi. Ma’lumotlar faqat quyidagi hollarda va 4-bo’limdagi maqsadlar uchun zarur hajmda beriladi:

  • VUM’ning rasmiy dilerlari va servis markazlariga: mijozga xizmat ko’rsatish uchun.
  • Hamkor lizing kompaniyalari va banklarga: mijoz lizing yoki kredit bo’yicha murojaat qilgan holda.
  • Texnik xizmat ko’rsatuvchilarga (hosting, CRM, aloqa xizmatlari): ular ma’lumotlarni faqat VUM topshirig’i bilan va maxfiylik majburiyati asosida qayta ishlaydi.
  • Vakolatli davlat organlariga: qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda.

7.2. Ma’lumotlarni chet elga transchegaraviy uzatish faqat qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

8. Saqlash joyi va muddati

8.1. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlari qonun talabiga muvofiq O’zbekiston hududida joylashgan va Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro’yxatdan o’tgan texnik vositalarda saqlanadi.

8.2. Ma’lumotlar qayta ishlash maqsadiga erishilguncha yoki sub’ekt roziligini qaytarib olguncha saqlanadi, agar qonun hujjatlarida uzoqroq muddat belgilanmagan bo’lsa. Muddat tugagach, ma’lumotlar yo’q qilinadi yoki egasizlantiriladi.

8.3. Taxminiy muddatlar: murojaatlar bo’yicha ma’lumotlar – oxirgi murojaatdan 3 yil; nomzodlar rezyumelari – 1 yil; analitika ma’lumotlari – tegishli xizmat sozlamalarida belgilangan muddat.

9. Ma’lumotlarni himoya qilish

9.1. VUM ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o’zgartirish, tarqatish va yo’qotishdan himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko’radi, jumladan:

  • Saytda HTTPS (SSL) shifrlangan ulanishdan foydalanish.
  • Ma’lumotlarga kirishni faqat vazifasi taqozo etadigan xodimlar bilan cheklash.
  • Xodimlar va hamkorlardan maxfiylik majburiyatini olish.
  • Tizimlarni muntazam yangilash va zaxira nusxalarini yuritish.

9.2. Internet orqali ma’lumot uzatishning hech bir usuli 100% xavfsizlikni kafolatlamaydi. Ma’lumotlar sizib chiqqan holda VUM qonunda belgilangan choralarni ko’radi.

10. Sub’ektning huquqlari

Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • O’z ma’lumotlari qayta ishlanayotgani haqida va ularning tarkibi haqida axborot olish.
  • Noto’g’ri yoki eskirgan ma’lumotlarni tuzatishni talab qilish.
  • Ma’lumotlarni yo’q qilish yoki qayta ishlashni to’xtatishni talab qilish.
  • Qayta ishlashga berilgan rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olish.
  • Reklama xabarlaridan voz kechish.
  • VUM harakatlari ustidan vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilish.

So’rov info@faw.uz manziliga yoziladi. VUM so’rovni qonunda belgilangan muddatda, odatda 10 ish kuni ichida ko’rib chiqadi.

11. Voyaga yetmaganlar

Sayt yuridik shaxslar, tadbirkorlar va voyaga yetgan shaxslar uchun mo’ljallangan. VUM 18 yoshga to’lmagan shaxslarning ma’lumotlarini ataylab yig’maydi. Agar bunday ma’lumot olinganini aniqlasak, uni o’chiramiz.

12. Uchinchi tomon saytlariga havolalar

Saytda ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, Telegram, YouTube, LinkedIn), Yandex Xaritalar va boshqa resurslarga havolalar mavjud. Bu resurslar o’z maxfiylik siyosatiga ega va VUM ularning ma’lumotlar bilan ishlashi uchun javobgar emas.

13. Siyosatga o’zgartirish kiritish

VUM ushbu Siyosatga o’zgartirish kiritish huquqiga ega. Yangi tahrir Saytda e’lon qilingan kundan kuchga kiradi. Siyosatning amaldagi tahriri doimo faw.uz saytida ochiq joylashtiriladi.

14. Aloqa ma’lumotlari

Operator: “VAN Universal Motors”
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko’chasi, 2B
Telefon: +998 55 508 60 60
Elektron pochta: info@faw.uz