Innovatsiyalar 2025

VUM FAW

Jahon darajasidagi texnologiyalar – O'zbekistonning yuragida.
Yuk transportining kelajagini bugunoq yaratamiz.

70+ Yillik tajriba
180 Mamlakatlar
6M+ Yuk mashinalari

FAW TRUCKS Tarixi

FAW — dunyoda eng ko'p sotuvga ega og'ir yuk mashinalari brendi! Xitoyda avtomobilsozlikning birinchi qadami sifatida 1956-yilda tashkil etilgan FAW o'zining 60 yillik tarixida 8 zavod qurgan, 57 global hamkorlik o'rnatgan va 80 dan ortiq davlatda mahsulotlarini sotmoqda. 2019-yilda 3,5 million avtomobil ishlab chiqarib, 88,6 milliard dollar daromad va 6,3 milliard dollar foyda olgan FAW dunyoda 87-o'rinni egalladi. Brend qiymati 10,8 milliard dollarni oshdi! 2001-yilda dunyodagi eng yaxshi tijorat avtomobillari brendi unvoni bilan taqdirlangan FAW, 2017-2019-yillarda Xitoyda va dunyoda og'ir yuk mashinalari bo'yicha birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Bugun FAW — Xitoyning birinchi va dunyodagi yetakchi avtomobilsozlik kompaniyasi sifatida namoyon bo'lmoqda!

FAW TRUCKS natijalari

0

Icon

Dunyo bo'ylab
mamnun mijozlar

0

Icon


Yangi innovatsion loyihalar

0

Icon

Yillik professional tajriba

0

Icon

Muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar

Mijozlarimiz fikrlari

Vum Faw

Biz faqat avtomobil ishlab chiqaruvchilar emasmiz — biz sizning ishonchli hamkorlaringizmiz. Gapimizga ishonibgina qolmang, FAW mijozlarining biz bilan ishlash haqidagi fikrlarini ko'ring.

Author Photo
Karimjonov Avazjon

Tadbirkor

Avval Xitoy mashinasidan biroz cho'chib olgandim, lekin olish nasib qildi va oldim. Mashina kutilganidan ham yaxshi chiqdi — juda chaqqon, mustahkam va haydashda juda qulay. Ramalari og'ir yuklarni ko'tarishga mo'ljallangani ham ko'nglimni to'liq joyiga qo'ydi. Tanlovimdan juda mamnunman!

Author Photo
Karimjonov Avazjon

Fura haydovchisi

Men, Karimjonov Avazjon, to'rt yildan beri Sofiyada haydovchilik bilan shug'ullanaman va hozirda Faw Tiger V sovutgichli avtomobilini boshqaraman. Ushbu avtomobilni bir yil avval Sofiyada xarid qildim.

Author Photo
Karimjonov Avazjon

Sofia haydovchisi

Men, Karimjonov Avazjon, to'rt yildan beri Sofiyada haydovchilik bilan shug'ullanaman va hozirda Faw Tiger V sovutgichli avtomobilini boshqaraman. Ushbu avtomobilni bir yil avval Sofiyada xarid qildim.

VUM tarixi

VUM avtomobil zavodi – bu zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi bo'lib, O'zbekistonda FAW brendi ostida yuqori sifatli yuk avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. VUM zavodi Andijon shahrida joylashgan bo'lib, Zavodning umumiy maydoni 14 750 m² bo'lib, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan va yiliga 3000 dona yuk avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega. Dastlab ishlab chiqarilayotgan model — FAW Tiger V seriyasidir.

VUM kompaniyasi

VUM kompaniyasi 2018-yilda tashkil etilgan bo'lib, 2022-yilda China FAW Group Co., Ltd bilan rasmiy dilerlik shartnomasi imzolandi.

Andijon shahrida

Andijon shahrida VUM tomonidan FAW zavodi qurilib, dastlab N2 toifasidagi yuk avtomobillari ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yildi.

2024-yil yakunlariga ko'ra

2024-yil yakunlariga ko'ra, "FAW Trucks" markasidagi 1000 ga yaqin texnika sotildi.

Bizning jamoa

XASANOV ROVSHAN RUSTAM O‘G‘LI
XASANOV ROVSHAN RUSTAM O‘G‘LI

Bosh direktor

MUXAMEDOV OTABEK FARXODJON O‘G‘LI
MUXAMEDOV OTABEK FARXODJON O‘G‘LI

Savdo va dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘limi rahbari

SODIROV XURSHID ZIYODJON O‘G‘LI
SODIROV XURSHID ZIYODJON O‘G‘LI

Marketing bo‘limi rahbari

SOTVOLDIYEV SHUXRATBEK IXVOLIDINOVICH
SOTVOLDIYEV SHUXRATBEK IXVOLIDINOVICH

Eksport bo‘limi rahbari

ARIPOV ABDULLOH MURODJON O‘G‘LI
ARIPOV ABDULLOH MURODJON O‘G‘LI

Mijozlar bilan ishlash bo‘limi rahbari

ESHMURADOV JASUR SHERALIYEVICH
ESHMURADOV JASUR SHERALIYEVICH

Servis bo‘limi rahbari

ABDUG‘ANIEV SHAMSHODXON XABIBULLA O‘G‘LI
ABDUG‘ANIEV SHAMSHODXON XABIBULLA O‘G‘LI

Xarid bo‘limi bosh mutaxassisi

ZAKURLAEVA LAZIZA DJASURBEKOVNA
ZAKURLAEVA LAZIZA DJASURBEKOVNA

Kadrlar bo‘limi rahbari

TAXIROVA SHOISTA ABDULXAMIDOVNA
TAXIROVA SHOISTA ABDULXAMIDOVNA

Bosh buxgalter

AXMEDOV BEKZOD ALISHEROVICH
AXMEDOV BEKZOD ALISHEROVICH

Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi rahbari

KOMILJON IBROHIM ULUG‘BEK O‘G‘LI
KOMILJON IBROHIM ULUG‘BEK O‘G‘LI

Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘limi rahbari

SOBIROV QODIRBEK TOHIRJONOVICH
SOBIROV QODIRBEK TOHIRJONOVICH

Mahsulot rivojlantirish bo‘limi rahbari

×

MAXFIYLIK SIYOSATI

faw.uz veb-sayti foydalanuvchilarining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi

Kuchga kirgan sana: 13.10.2026

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o’rinlarda “Siyosat”) “VAN Universal Motors” (keyingi o’rinlarda “VUM” yoki “Kompaniya”) tomonidan faw.uz veb-sayti (keyingi o’rinlarda “Sayt”) orqali olinadigan shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, foydalanish va himoya qilish tartibini belgilaydi.

1.2. VUM O’zbekistonda FAW tijorat texnikasining rasmiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlar egasi va operatori sifatida ish yuritadi.

1.3. Siyosat O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O’RQ-547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuni hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.4. Saytdan foydalanish yoki Saytdagi shaklni to’ldirish orqali foydalanuvchi ushbu Siyosat bilan tanishganini va o’z ma’lumotlarini shu yerda ko’rsatilgan tartibda qayta ishlashga rozilik berganini tasdiqlaydi. Siyosat shartlariga rozi bo’lmasangiz, Saytdan foydalanishni to’xtating.

2. Asosiy tushunchalar

  • Shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan har qanday axborot.
  • Sub’ekt – shaxsga doir ma’lumotlari qayta ishlanadigan jismoniy shaxs (Sayt foydalanuvchisi).
  • Qayta ishlash – ma’lumotlarni yig’ish, tizimlashtirish, saqlash, o’zgartirish, foydalanish, uzatish, egasizlantirish va yo’q qilish bo’yicha har qanday harakat.
  • Cookie fayllar – Sayt foydalanuvchi qurilmasiga saqlaydigan kichik matnli fayllar.

3. Qanday ma’lumotlarni yig’amiz

3.1. Foydalanuvchi o’zi taqdim etadigan ma’lumotlar:

  • “Biz bilan bog’laning” va “Qo’ng’iroq kutaman” shakllari: ism, telefon raqami, viloyat, qiziqtirgan model yoki xizmat.
  • “Diler bo’lish” shakli: F.I.Sh., kompaniya nomi, lavozim, telefon, elektron pochta, hudud va biznes haqida qisqa ma’lumot.
  • Lizing va servis bo’yicha so’rovlar: ism, telefon, texnika modeli, so’rov mazmuni.
  • “Vakansiya” bo’limi: F.I.Sh., aloqa ma’lumotlari, rezyume va unda ko’rsatilgan ta’lim hamda ish tajribasi.

3.2. Avtomatik yig’iladigan ma’lumotlar: IP-manzil, brauzer va qurilma turi, operatsion tizim, tashrif sanasi va vaqti, ko’rilgan sahifalar, Saytga o’tilgan manba (reklama, qidiruv tizimi, ijtimoiy tarmoq), cookie identifikatorlari.

3.3. VUM maxsus toifadagi ma’lumotlarni (irqiy yoki milliy mansublik, siyosiy qarashlar, diniy e’tiqod, sog’liq holati) Sayt orqali yig’maydi. Foydalanuvchidan bunday ma’lumotlarni shakllarga kiritmaslik so’raladi.

4. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadlari

  • Murojaatlarga javob berish, qayta qo’ng’iroq qilish va maslahat berish.
  • Texnika narxi, lizing shartlari va tijorat taklifini tayyorlash.
  • Mijozni eng yaqin rasmiy dilerga yoki servis markaziga yo’naltirish.
  • Diler bo’lish arizalarini ko’rib chiqish va hamkorlik bo’yicha muzokaralar olib borish.
  • Vakansiyalar bo’yicha nomzodlarni tanlash.
  • Foydalanuvchi alohida rozilik bergan holda yangi modellar, aksiyalar va tadbirlar haqida xabar yuborish.
  • Sayt ishini tahlil qilish, qulayligini va reklama samaradorligini oshirish.
  • Qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni bajarish.

5. Qayta ishlashning huquqiy asoslari

5.1. VUM shaxsga doir ma’lumotlarni quyidagi asoslarda qayta ishlaydi: sub’ektning roziligi; sub’ekt tomon bo’lgan shartnomani tuzish yoki bajarish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar.

5.2. Rozilik Saytdagi shaklni yuborishdan oldin “Men o’z ma’lumotlarimning qayta ishlanishiga rozilik beraman” belgisini qo’yish orqali beriladi. Rozilik ushbu Siyosatning 10-bo’limida ko’rsatilgan tartibda istalgan vaqtda qaytarib olinishi mumkin.

6. Cookie fayllar va analitika xizmatlari

6.1. Sayt ishlashi va tahlil uchun cookie fayllar hamda quyidagi uchinchi tomon xizmatlaridan foydalaniladi:

  • Google Tag Manager va Google Analytics – tashriflar statistikasi va foydalanuvchi xatti-harakatini tahlil qilish.
  • Yandex Metrika – tashriflar statistikasi, sahifadagi harakatlar tahlili.
  • Meta Pixel – Facebook va Instagram’dagi reklama samaradorligini o’lchash va auditoriyani sozlash.

6.2. Bu xizmatlar ma’lumotlarni o’z maxfiylik siyosatlariga muvofiq qayta ishlaydi. Ular VUM’ga asosan egasizlantirilgan, umumlashtirilgan statistikani taqdim etadi.

6.3. Foydalanuvchi brauzer sozlamalari orqali cookie fayllarni o’chirishi yoki bloklashi mumkin. Bunda Saytning ayrim funksiyalari to’g’ri ishlamasligi mumkin.

7. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish

7.1. VUM shaxsga doir ma’lumotlarni sotmaydi va ijaraga bermaydi. Ma’lumotlar faqat quyidagi hollarda va 4-bo’limdagi maqsadlar uchun zarur hajmda beriladi:

  • VUM’ning rasmiy dilerlari va servis markazlariga: mijozga xizmat ko’rsatish uchun.
  • Hamkor lizing kompaniyalari va banklarga: mijoz lizing yoki kredit bo’yicha murojaat qilgan holda.
  • Texnik xizmat ko’rsatuvchilarga (hosting, CRM, aloqa xizmatlari): ular ma’lumotlarni faqat VUM topshirig’i bilan va maxfiylik majburiyati asosida qayta ishlaydi.
  • Vakolatli davlat organlariga: qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda.

7.2. Ma’lumotlarni chet elga transchegaraviy uzatish faqat qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

8. Saqlash joyi va muddati

8.1. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlari qonun talabiga muvofiq O’zbekiston hududida joylashgan va Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro’yxatdan o’tgan texnik vositalarda saqlanadi.

8.2. Ma’lumotlar qayta ishlash maqsadiga erishilguncha yoki sub’ekt roziligini qaytarib olguncha saqlanadi, agar qonun hujjatlarida uzoqroq muddat belgilanmagan bo’lsa. Muddat tugagach, ma’lumotlar yo’q qilinadi yoki egasizlantiriladi.

8.3. Taxminiy muddatlar: murojaatlar bo’yicha ma’lumotlar – oxirgi murojaatdan 3 yil; nomzodlar rezyumelari – 1 yil; analitika ma’lumotlari – tegishli xizmat sozlamalarida belgilangan muddat.

9. Ma’lumotlarni himoya qilish

9.1. VUM ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o’zgartirish, tarqatish va yo’qotishdan himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko’radi, jumladan:

  • Saytda HTTPS (SSL) shifrlangan ulanishdan foydalanish.
  • Ma’lumotlarga kirishni faqat vazifasi taqozo etadigan xodimlar bilan cheklash.
  • Xodimlar va hamkorlardan maxfiylik majburiyatini olish.
  • Tizimlarni muntazam yangilash va zaxira nusxalarini yuritish.

9.2. Internet orqali ma’lumot uzatishning hech bir usuli 100% xavfsizlikni kafolatlamaydi. Ma’lumotlar sizib chiqqan holda VUM qonunda belgilangan choralarni ko’radi.

10. Sub’ektning huquqlari

Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • O’z ma’lumotlari qayta ishlanayotgani haqida va ularning tarkibi haqida axborot olish.
  • Noto’g’ri yoki eskirgan ma’lumotlarni tuzatishni talab qilish.
  • Ma’lumotlarni yo’q qilish yoki qayta ishlashni to’xtatishni talab qilish.
  • Qayta ishlashga berilgan rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olish.
  • Reklama xabarlaridan voz kechish.
  • VUM harakatlari ustidan vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilish.

So’rov info@faw.uz manziliga yoziladi. VUM so’rovni qonunda belgilangan muddatda, odatda 10 ish kuni ichida ko’rib chiqadi.

11. Voyaga yetmaganlar

Sayt yuridik shaxslar, tadbirkorlar va voyaga yetgan shaxslar uchun mo’ljallangan. VUM 18 yoshga to’lmagan shaxslarning ma’lumotlarini ataylab yig’maydi. Agar bunday ma’lumot olinganini aniqlasak, uni o’chiramiz.

12. Uchinchi tomon saytlariga havolalar

Saytda ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, Telegram, YouTube, LinkedIn), Yandex Xaritalar va boshqa resurslarga havolalar mavjud. Bu resurslar o’z maxfiylik siyosatiga ega va VUM ularning ma’lumotlar bilan ishlashi uchun javobgar emas.

13. Siyosatga o’zgartirish kiritish

VUM ushbu Siyosatga o’zgartirish kiritish huquqiga ega. Yangi tahrir Saytda e’lon qilingan kundan kuchga kiradi. Siyosatning amaldagi tahriri doimo faw.uz saytida ochiq joylashtiriladi.

14. Aloqa ma’lumotlari

Operator: “VAN Universal Motors”
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko’chasi, 2B
Telefon: +998 55 508 60 60
Elektron pochta: info@faw.uz