Van Universal Motors KOMTRANS Tashkent–2025 ko‘rgazmasida yangilangan FAW Tiger seriyasini taqdim etdi

Фото

Stendda FAW Tiger seriyasining vazn va qo‘llanish segmentlariga mo‘ljallangan uch modeli namoyish etildi:

  • FAW Tiger VR — 4,5 t, yengil shahar transporti

  • FAW Tiger VH — 8 t, ikki yoqilg‘ili shassi (gaz + benzin)

  • FAW Tiger V — 11,3 t, kommunal yechim

Har bir model ishonchlilik, texnologik yechimlar va zamonaviy dizaynni birlashtiradi. Ular shahar transporti va tijorat xizmatlarining yangi avlod talablariga javob beradi.

FAW Tiger V — 8 m³ chiqindi tashuvchi, 11,3 tonnalik kommunal yechim

FAW Tiger V modelida mustahkam shassi, ishonchli gidravlik tizim va ixcham o‘lchamlar mavjud. U shahar ichidagi tor hududlarda erkin manevr qilish imkonini beradi. Model intensiv foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori unumdorlikni xizmat ko‘rsatish qulayligi bilan birlashtiradi.

FAW Tiger VH — O‘zbekistonda zavodda ishlab chiqarilgan ilk ikki yoqilg‘ili yuk shassisi

Tiger VH — metan va benzin yoqilg‘isida ishlovchi shassi bo‘lib, tejamkor, ekologik va ishonchli texnika sifatida e’tirof etildi. Ko‘p maqsadli konstruktsiya turli ustki qismlarni o‘rnatish imkonini beradi: bort, furgon, kommunal uskunalar va boshqalar.

FAW Tiger VR — 14,8 m³ hajmli, Thermo King bilan jihozlangan sovutkichli furgon

Model oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan. Ixcham o‘lcham, tejamkorlik va manevrchanlik uni shahar logistikasining samarali yechimiga aylantiradi.

Фото

FAW Tiger seriyasining barcha modellari quyidagilar bilan standart jihozlangan

  • 360° ko‘rinishli kamera
  • Ko‘p funksiyali rul
  • Konditsioner
  • Salon isitgichi

Ushbu yechimlar shahar ichida zich harakat paytida texnikani boshqarishni yanada qulay va xavfsiz qiladi.

Ko‘rgazma ishtirokchilarining fikrlari

Mehmonlar FAW texnikasining yig‘ilish sifati, mustahkam konstruksiyasi va O‘zbekiston sharoitiga moslashganligini alohida ta’kidladilar. Afzallik sifatida ishonchlilik, xizmat ko‘rsatish soddaligi va ehtiyot qismlar mavjudligi qayd etildi.

Mahalliylashtirish davom etmoqda

Van Universal Motors Andijonda FAW ishlab chiqarishini bosqichma-bosqich mahalliylashtirmoqda. Bu butun mamlakat bo‘ylab barqaror yetkazib berishni ta’minlaydi va servis muddatlarini qisqartiradi.

Kompaniyada shunday ta’kidlandi:
“KOMTRANS Tashkent ko‘rgazmasi VUMning shahar va biznes uchun ishonchli yechimlar taqdim etishga tayyorligini tasdiqlaydi.”

Ko‘rgazma davomida kommunal xizmatlar va tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Yakunda FAW Tiger texnikasini 2026-yilda yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi va joriy yil uchun shartnomalar imzolandi.

Aloqa uchun: (+998) 55-508-60-60
Rasmiy sayt: faw.uz
Telegram: @vum_faw_uzbekistan
Instagram: @vum_faw_uzbekistan