FAW — dunyoda eng ko‘p sotuvga ega og‘ir yuk mashinalari brendi! Xitoyda avtomobilsozlikning birinchi qadami sifatida 1956-yilda tashkil etilgan FAW o‘zining 60 yillik tarixida 8 zavod qurgan, 57 global hamkorlik o‘rnatgan va 80 dan ortiq davlatda mahsulotlarini sotmoqda. 2019-yilda 3,5 million avtomobil ishlab chiqarib, 88,6 milliard dollar daromad va 6,3 milliard dollar foyda olgan FAW dunyoda 87-o‘rinni egalladi. Brend qiymati 10,8 milliard dollarni oshdi! 2001-yilda dunyodagi eng yaxshi tijorat avtomobillari brendi unvoni bilan taqdirlangan FAW, 2017-2019-yillarda Xitoyda va dunyoda og‘ir yuk mashinalari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bugun FAW — Xitoyning birinchi va dunyodagi yetakchi avtomobilsozlik kompaniyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda!
0
Dunyo bo‘ylab
mamnun mijozlar
0
Yangi innovatsion loyihalar
0
Yillik professional tajriba
0
Muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar
Biz faqat avtomobil ishlab chiqaruvchilar emasmiz — biz sizning ishonchli hamkorlaringizmiz. Gapimizga ishonibgina qolmang, FAW mijozlarining biz bilan ishlash haqidagi fikrlarini ko‘ring.
VUM avtomobil zavodi – bu zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, O‘zbekistonda FAW brendi ostida yuqori sifatli yuk avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. VUM zavodi Andijon shahrida joylashgan bo‘lib, Zavodning umumiy maydoni 14 750 m² bo‘lib, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan va yiliga 3000 dona yuk avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega. Dastlab ishlab chiqarilayotgan model — FAW Tiger V seriyasidir.
VUM kompaniyasi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2022-yilda China FAW Group Co., Ltd bilan rasmiy dilerlik shartnomasi imzolandi.
Andijon shahrida VUM tomonidan FAW zavodi qurilib, dastlab N2 toifasidagi yuk avtomobillari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
2024-yil yakunlariga ko‘ra, “FAW Trucks” markasidagi 1000 ga yaqin texnika sotildi.