Yangiliklar

FAW kompaniyasi Fortune Global 500 reytingida 79-o‘rinni egalladi.

Ushbu ro‘yxatga 500 ta jahon  kompaniyalari kiradi. Maʼlumotlar 3-avgust kuni eʼlon qilindi. FAW Group  korporatsiyasining 2021 yildagi umumiy daromadi 109,4 milliard dollarni tashkil etdi.

2022 yilda Fortune Global  500 ro‘yxatiga XXRdan jami 145 ta korxona kirdi. Va  ushbu Xitoy korxonalari  umumiy yillik daromadi Fortune Global  ro‘yxatiga kiritilgan 500 ta kompaniyaning umumiy daromadining 31 foizini tashkil qiladi.